O'tkir Hoshimov o'ziga xos yozuvchi. U o'zi bilmagan
mavzuni, mohiyatini anglamagan masalani
qalamga olmaydi. o'z qahramonlarini xolisona tirik, hayotiy, jonli odam sifatida
tasvirlaydi. ularni qanday inson ekanliklarini zohiriy emas, botiniy yoritadi.
Ya'ni ruhiy olamini muhit, davr bilan uyg'unlikda katta falsafiy mushohada
asosida teran tahlil qiladi. Insoniy iztiroblarni talqin qilish insonning barcha
faoliyati: ruhiy holati, borliqqa va odamlarga bo'lgan munosabati, o'y-fikri,
ichki kechinmalari, hatto muhabbatini talqin qilish demakdir. Chunki insonning
birorta faoliyati iztirobsiz kechmaydi. ayniqsa, ma'naviy yuksak odamlarda.
Hayotni va odamlar olamini teran kuzatuvchisi, u haqida falsafiy mushohada
yurituvchi, ardoqli hamda iste'dodli yozuvchi O'tkir Hoshimov bu holatni
to'g'ri anglaydi. Uning asarlari deyarli iztiroblar asosida quriladi. O'tkir
Hoshimovning asarlaridagi iztiroblar insonning ma'naviy dunyosini ochish uchun
vositadir.Bu holatni deyarli har bir asarda ko'rish mumkin.Shundan ular
ta'sirchan- kishini bir holatdan ikkinchi holatga soluvchidir.
Veb sahifamizda O'tkir Hoshimov asarlaridan
keltirish bilan birga, Nizomiy nomidagi TDPU da kamina filologiya
fanlari doktori, professor Mazluma Asqarova rahbarligida yoqlagan
magistrlik dissertatsiyasini ham ilova qilmoqdaman.
Veb sahifamiz sizlarga manzur bo'lsa,
o'zimizni bag'oyat baxtiyor his qilardik, Azizlar!!!
Hurmat va ehtirom ila Nigora